audio

    0+
    21 tup qayrag‘och daraxtini kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi

    Sayxunobod tuman sudida “B. X.” fermer xoʻjaligi rahbari M.A., uning sheriklari A.A. va K.Z.ga hukm o‘qildi.

    Ma'lumot uchun, Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan M.A. sheriklari bilan oldindan til biriktirib, 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida oʻziga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi aniqlangan. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi. 

    Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming soʻm zarar yetkazilgan. 

    Sudda M.A, A.A. va K.Z. ning 21 tup qayragʻoch daraxtini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi oʻz isbotini topdi. Sud qarori bilan daraxt kushandalaridan tabiatga yetkazilgan zarar undirilishi belgilandi. Shuningdek, har bir sudlanuvchiga 2 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

    Ekologiya vazirligi har qanday turdagi huquqbuzarlik qonunga ko‘ra qat'iy javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib o‘tadi!

    • view_icon 360
    : 2024-08-12 12:34:38