53 nafar mas’ul shaxs 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi
2024-07-23 14:20:00 / Yangiliklar
Xususan, 23-yanvardan 22-iyulga qadar o‘tkazilgan o‘rganish davomida Uchquduq tumanida 10 nafar, Konimex tumanida 7 nafar, Navbahor tumanida 6 nafar, Karmana tumanida 5 nafar, Qiziltepa tumanida 5 nafar, Tomdi tumanida 5 nafar, Xatirchi tumanida 5 nafar, Zarafshon shahrida 4 nafar, Nurota tumanida 3 nafar, Navoiy shahrida 2 nafar, G‘ozg‘on shahrida 1 nafar masʼul shaxslar tomonidan hududlarda 2023-yil kuzi va 2024-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga eʼtibor qilmaganligi, sug‘orilmaganligi, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan 53 nafar masʼul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 180 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ayni damda nafaqat Navoiy viloyati, balki butun respublika miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar parvarishi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.