Toshkentga katta miqdordagi qisqichbaqalarni noqonuniy olib ketayotganlar ushlandi
2024-07-22 11:50:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on suv ombori va YPX xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Bulung‘ur Yuqori nuqta postida dengiz qisqichbaqalari yuklangan yuk tashuvchi transport vositasi to‘xtatib qolindi. Tekshiruvda brakonyerlar tomonidan 75 ta plastik idishda 22 ming 125 ta, og‘irligi 765,5 kg bo‘lgan qisqichbaqalar Toshkent shahriga olib ketayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Buning oqibatida tabiata 130 million 130 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Qisqichbaqalar Kattaqorg‘on suv omboriga qo‘yib yuborildi. Avtortransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi. Shuningdek, holat yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar huquqbuzarlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rish maqsadida Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborildi.