“Yoshlar - kelajak bunyodkorlari”: ekologiya va turizm sohasidagi faolligingizni namoyish qiling
2024-07-22 10:30:00 / Yangiliklar
![“Yoshlar - kelajak bunyodkorlari”: ekologiya va turizm sohasidagi faolligingizni namoyish qiling](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F87c1aa26-47aa-0530-d1d3-70331ed94d3c_lists_slider_16832.jpg&w=3840&q=75)
Qurultoyning tantanali ochilish marosimi 9-avgust Shahrisabzning Oqsaroy majmuasida o‘tkaziladi. Shuningdek, ishtirokchilarni turli tanlovlar, plogging musobaqalari, ekologik va turistik loyihalar, kitobxonlik kuni, milliy va etnosport musobaqalari, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, madaniy-koʻngilochar tadbirlar va taniqli insonlar bilan uchrashuvlar kutmoqda.
Qurultoy 1000 nafarga yaqin oʻzbekistonlik va xorijlik yoshlarni oʻz atrofida birlashtiradi. Maqsad yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, yosh avlodning ekologiya va turizm sohasidagi istiqbolli gʻoyalari hamda loyihalarini ro‘yobga chiqarishdir.
Barchangizni “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” qurultoyiga taklif qilamiz!