Izboskanda 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘yildi. Hujjatlar sudga yuborildi
2024-07-18 11:25:00 / Yangiliklar
Reyd davomida g‘alladan bo‘shagan 47 ta maydon yoqib yuborilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan 35 nafar huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 88-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari — 34 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, yuqoridagi holatlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan tabiatga 107 million 655 ming so‘m zarar yetkazganligi ma'lum bo‘ldi. Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan to‘plangan hujjatlar MJtKning 245-moddasi 3-qismi talablariga asosan qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudiga yuborildi.
Ma'lumot uchun, g'alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan Izboskan tumani ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi har bir fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda yer egalariga bug‘doyi o‘rib olingan maydonlarga o‘t qo‘yib yubormaslik yuzasidan tegishli murojaatnomalar yuborilgan. Murojaatnomada somonpoyalarni yoqish O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirilgan.