Murojaat!
2024-06-07 15:40:00 / Yangiliklar
Maʼlumki, oʻsimlik qoldiqlari yoqilishi oqibatida atmosfera havosiga inson salomatligiga ziyon yetkazuvchi uglerod oksidi, azot oksidi, azot 2 oksidi va oltingugurt oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Shuningdek, o‘simlik qoldiqlarini yoqish tabiatga, yerlar unumdorligi va iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazadi.
Bunday maydonlarda ekin yerlarining unumdorligi keskin kamayadi, tuproq tarkibi buzilishi va yong‘indan keyingi yuqori harorat tufayli makro va mikroelementlar yo‘qotilishi oqibatida ekinzorlarning ball boniteti pasayib ketadi.
Shu bois, mamlakatimiz aholisi va barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan g'alladan bo‘shagan yer maydonlaridagi o‘simlik qoldiqlarini yig‘ishtirib olishlari, o'simliklarni yoqish holatlariga yo'l qo'ymasliklarini so‘raymiz.
Yodda saqlang!
Somon poyalari va ularning qoldiqlarini yoqish O'zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismiga muvofiq BHMning 10 baravarigacha ma’muriy jarima qo'llanilishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, yong'in sodir etilgan g'alla maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan ziyon uchun alohida zarar hisoblanadi.
Shu o'rinda barchani g‘alladan bo‘shagan maydonlardagi o‘simlik qoldiqlarini uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olishga va behudu yoqilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz!
Zero, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish har birimizning fuqarolik burchimizdir!