Bugun, 30-iyul kuni 25 000 000-elektron raqamli imzo (ERI) kalit sertifikati rasmiylashtirildi.
2025-07-30 17:45:00 / Qo'mita yangiliklari

Bugun, 30-iyul kuni 25 000 000-elektron raqamli imzo (ERI) kalit sertifikati rasmiylashtirildi.
Mazkur elektron raqamli imzo Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi 38 yoshli fuqaro tomonidan e-imzo.soliq.uz sayti orqali olindi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab ERI narxi quyidagicha belgilanadi:
🔹 Yuridik shaxslar uchun – BHMning* 10 foizi (41 000 so‘m),
🔹 Jismoniy shaxslar uchun – BHMning 7 foizi (28 840 so‘m).
*1 BHM (https://t.me/soliqnews/14095) = 412 000 so‘m
