17-fevral – AOS hisobotini taqdim etish va to'lashning oxirgi kuni
2025-02-15 09:35:00 / Qo'mita yangiliklari
- 2024-yil uchun – paket kodi 10104_33
- 2025-yil yanvar oyi uchun – paket kodi 10104_35
AOS hisoboti onlayn-NKT va EHF ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Asosiy soliq stavkasi 4% saqlanib qoldi, elektron savdo uchun bu stavka 3% bo‘ldi.
Chakana savdo sohasida va dorixona tashkilotlari uchun stavkalar faoliyatni amalga oshiradigan joyiga bog‘liq.
Soliq to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada to‘lash huquqiga ega:
- yillik jami daromadi 500 mln so'mgacha – yiliga 30 mln so‘m;
- yillik jami daromadi 500 mln so‘mdan yuqori - yiliga 40 mln so‘'m.
Qat’iy summada aylanmadan soliq to‘lovchilar ushbu soliq bo‘yicha, dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha va moliyaviy hisobotlarni topshirmaydilar.
