O‘tgan yil davomida respublika boʻyicha 4-sektorlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 227 800 nafar xotin qizlarga amaliy yordam koʻrsatilgan
2025-01-15 09:15:00 / Qo'mita yangiliklari
Respublika boʻyicha 4-sektorda 2 160 ta mahalla, 1,7 mln xonadon bor. Ularda 2,2 mlnga yaqin oila istiqomat qiladi, aholi soni esa 8,3 mln nafarni tashkil etadi. (2025-yil 1-yanvar holatiga)
2024‑yil davomida respublika boʻyicha 4‑sektorlarda “Ayollar daftari”ga 5-bosqichda 30 yoshdan yuqori, 6 ta yoʻnalishda muammolari mavjud boʻlgan 227 800 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar koʻrsatildi. Jumladan:
1) 124 334 nafar – ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsizlar;
2) 8 261 nafar – tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmandlar;
3) 37 486 nafar – boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmandlar;
shundan 436 nafar – uy-joyini taʼmirlandi;
4) 42 639 nafar – ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmandlar;
shundan 243 nafar – uy-joyi taʼmirlandi;
5) 1 389 nafar – uy-joyga muhtojlar;
shundan 103 nafar uy-joy bilan taʼminlandi. 1 286 nafar – ijara kompensatsiya toʻlab berildi;
6) 14 205 nafar – qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmandlar;
shundan 258 nafar – tomorqadan unumli foydalanish uchun yordam berildi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab “Ayollar daftari”ga xotin-qizlarni kiritish uchun 6-bosqichga start berildi.
Barcha mahallalarda xonadonma-xonadon yurib, xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish ishlari tashkil etiladi. Mahallalardagi ishchi guruhlar tomonidan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish uchun xatlov jarayonlari boshlandi.
