2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari
2025-01-11 09:10:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari
Boʻnak toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shaklini soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʻtiboran 30 kundan kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻini hisoblash uchun soliq bazasi 1 m² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
- Toshkent shahrida — 3,3 mln soʻm;
- Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln soʻm;
- Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln soʻm.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
Joriy yil 10-yanvarga qadar barcha xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan eng kam qiymatga koeffitsiyentlar tasdiqlangan holda soliq organlariga taqdim etildi. (Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridan tashqari)
Hozirda kamaytiruvchi koeffitsiyent tasdiqlanmagan hududlarda mol-mulk soligʻi hisobotini belgilangan eng kam qiymat asosida taqdim etish imkoniyati mavjud.
2025-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
- AOS toʻlovchilar uchun – 10401_33;
- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar uchun – 10401_34.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllarini taqdim etishlari talab etilmaydi.
Yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻlash muddatlari:
- AOS toʻlovchi subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
2025-yilda: yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi boʻyicha
1. Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
