Quyosh panellari o‘rnatganlarga 10 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan
2024-12-18 11:00:00 / Qo'mita yangiliklari
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 6 536 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 10 mlrd 563 mln so‘m (10 million 563 ming 890 kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
- Xorazm viloyati - 2,4 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,7 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri - 1,4 mlrd so‘m.
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish hisobini yuritish va monitoring qilish boshqarmasi