Hududlar potensial imkoniyatlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi
2024-08-09 16:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Xususan, shu kunlarda Toshkent shahri va Andijon viloyatida Prezidentimiz raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazdi.
– Andijonda samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyati katta. Buni raqamlarning o‘zi ham ko‘rsatib turibdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bir necha barobar o‘sish qayd etilgan tumanlar bor, – dedi Sh.Kudbiyev.
Yig‘ilish davomida “mahallabay” va “korxonabay” tizimlarining samaradorligi ayni paytdagi soliq tushumlari asosida tahlil qilindi.
Samaradorlik ko‘rsatkichi past bo‘lgan xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, yuqori natija ko‘rsatgan xodimlar mehnati alohida e’tirof etildi.





