Asosiy kontentga o'tish

Yoshlar siyosati

2023 yilda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida “Yoshlar bandligi dasturi” ijrosi haqida

HISOBOT

Bugungi kunda vazirlik tizimida jami 33 326 nafar xodimlar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, shundan 3 632 nafari (11 foizi)ni yoshlar tashkil etadi. Ularning 1 675 nafari

(49 foizi) oliy ma’lumotli, 1 764 nafari (51 foizi) o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.

Tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ichidan namunali, o‘z ustida ishlaydigan va fidoiy yoshlar tanlab olindi va ularning 152 nafari rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida

2022 yil 4 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 61-sonli yig‘ilish bayonining 11-bandi hamda Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari doirasida tasdiqlangan “Yoshlar bandligi dasturi” ijrosi yuzasidan “Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi” ga muvofiq e’lon qilingan tanlov bo‘yicha jami 54 nafar talabalarning hujjatlari qabul qilinib, yakunda

16 nafar namunali, faol yoshlar tanlab olindi.

Shuningdek, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar stajirovkaga jalb etilib, ustoz-mentor biriktirilgan holda stajirovka o‘tashi yo‘lga qo‘yildi hamda 6 oylik stajirovka yakunlari bo‘yicha bir guruh namunali, faol yoshlar vazirlik tizim tashkilotlariga ishga qabul qilindi.

Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 yanvardagi “Suv xo‘jaligi bo‘yicha “Zakovat” intellektual o‘yini turnirlarini o‘tkazish hamda yoshlarga oid Davlat siyosati ijrosi to‘g‘risida”gi 10-sonli buyrug‘iga asosan barcha quyi tizim tashkilotlaridan

5 mingdan ortiq xodimlar (asosan yoshlar) qamrab olingan “Zakovat” intellektual o‘yini turniri samarali tashkil etilib, g‘olib jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar, diplom va sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

10 dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmoniga asosan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishdagi imtiyozlar yuzasidan vazirlik markaziy apparatida faoliyat olib borayotgan 20 dan ortiq yosh mutaxassislarga tushuntirishlar berilib, ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida yosh xodimlar imtiyozli kredit va subsidiya (Davlat byudjetidan boshlang‘ich

32 mln. so‘m kredit mablag‘larining boshlang‘ich to‘lovi sifatida to‘lab beriladi) asosida xonadonlarga ega bo‘ldi.

Qolaversa, suv xo‘jaligi tizimida faoliyat olib borayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Navro‘z va Mustaqillik bayramlari  arafasida hududlarda futbol bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, xodimlar o‘rtasida sog‘lom hayot tamoyilini targ‘ib qilish choralari ko‘rildi.

Tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar (asosan yoshlar)ni qo‘llab-quvvatlash, ularning yordamchi xo‘jaliklardan olayotgan daromadini yanada ko‘paytirish maqsadida vazirlik tomonidan belgilangan taqsimotga asosan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 oktyabrdagi 681-F-sonli Farmoyishining 5-ilovasiga asosan Suv xo‘jaligi vazirligiga 2023-2024-yillarda 21,5 ming dona ko‘chat ekish uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining G‘ijol qishlog‘idagi tog‘oldi hududidan 42 gektar yer maydoni ajratilgan.

Topshiriqqa muvofiq, suv xo‘jaligining bir guruh yoshlardan iborat xodimlari ushbu 42 gektar tog‘oldi hududida 21,7 ming donadan ortiq ko‘chat ekib, “Suvchi yoshlar bog‘i”ni tashkil etgan holda hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.

Vazirlik tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

 

695

Oxirgi yangilanish: 2024-02-19 16:49:33