Özbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga ekskursiya uyuştirildi
2026-11-05 14:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda muzey 7 bölimdan iborat bölib, unda 5 mingga yaqin arxiv hujjatlari, 7 mingdan ortiq foto va videomateriallar hamda 2 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega eksponatlar jamlangan. Muzeydagi 36 ta asosiy ekspozitsiya stendlari orqali Markaziy Osiyo hududida davlatçilik asoslari şakllangan davrlardan tortib, zamonaviy prokuratura tizimigaça bölgan tarixiy jarayonlar izçil yoritilgan.
Jumladan, “Yangi Özbekiston prokuraturasi faoliyati” bölimida sönggi yillarda davlatimiz rahbari taşabbuslari bilan amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, prokuratura organlari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda institutsional yangilanişlar aks ettirilgan.
– Muzey ekspozitsiyalari bilan tanişib, prokuratura organlarining şakllaniş tarixi, noyob arxiv hujjatlari va eksponatlar haqida atrofliça ma’lumot oldik, – deydi vazirlik yoşlar yetakçisi Nurmuhammad Xolmurodov. – Ayniqsa, siyosiy qatağon qurbonlariga bağişlangan bölimdagi eksponatlar katta taassurot qoldirdi. Vatan ozodligi va xalq kelajagi yölida fidoyilik körsatgan yurtdoşlarimiz hayoti har bir yoş uçun ibrat maktabidir.
Taşrif buyuruvçilar uçun prokuratura faoliyatiga oid hujjatli film namoyiş etildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarda adolat, javobgarlik va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaşga xizmat qiladi, albatta.
Axborot xizmati





