Vazirlik nizomi
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, Vazirlik rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasida barcha suv manbalari bo‘yicha suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6. Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi;
qisqartirilgan nomi – Suv xo‘jaligi vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi – Ministerstvo vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi – Ministerstvo vodnogo xozyaystva;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi – Ministry of Water Resources of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi – Ministry of Water Resources.
8. Vazirlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv 4-dahasi, 11-uy.
2-bob. Vazirlik tuzilmasi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi;
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish departamenti;
Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi;
Suv xo‘jaligida islohotlar markazi;
Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati;
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi;
Farg‘ona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi;
Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi;
Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi;
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti;
Professional ta’lim muassasalari.
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga bo‘lgan hamda muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalashtirish va ekspertiza qilish ishlarini tashkil qilish;
har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xo‘jaligi obyektining xavfsizligini aniq ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini va qo‘riqlanishini hamda irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish;
suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish;
suv xo‘jaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilg‘or xorijiy tajribani keng qo‘llashni tashkil qilish;
suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini hamda Davlat suv kadastrini yuritish va tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda uning iste’moli bo‘yicha shaffoflikni ta’minlash;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish, xorijiy investitsiya va grant mablag‘lari hamda texnik ko‘maklarni jalb qilish;
suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish.
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish strategiyasini, shuningdek, irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni oshkoralik asosida ishlab chiqadi;
yer usti suvlari obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini hamda huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurishining aholi hayoti va faoliyatiga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda Orolbo‘yi hududida suv xo‘jaligi vaziyatini barqarorlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yagona suv balansini shakllantiradi, shuningdek, Davlat suv kadastri yuritilishini tashkil qiladi;
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida (kommunal sohadan tashqari) suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi, ishonchli ishlashi va qo‘riqlanishi hamda irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlaridan foydalanishni tashkil qiladi;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qiladi;
tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda suv resurslarini boshqarish, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va tugatish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat siyosatining suv xo‘jaligi sohasidagi asosiy yo‘nalishlari, suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi, ularni amalga oshirishning strategiya va mexanizmlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
b) respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga bo‘lgan hamda muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida:
suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish va suvdan kompleks foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlaydi, suv xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi;
o‘rta va quyi bo‘g‘inda suvdan samarali foydalanishni tashkil etish, uning zararli ta’sirlarining oldini olish bo‘yicha eng maqbul chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mamlakat suv xavfsizligini ta’minlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi;
suv resurslari prognozlarini kompleks tahlil qiladi va suv resurslari balanslarini ishlab chiqadi, suv manbalari, irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari, shuningdek, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda yer osti suvlari bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi;
sun’iy suv obyektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi, tabiiy yer usti suv obyektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnomalar berishni kelishadi;
suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi hamda takomillashtiradi;
ommaviy axborot vositalari, shuningdek, anjumanlar, seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish orqali suv resurslarini asrash va ulardan tejamli foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib boradi;
ta’lim muassasalarining yosh avlodni suvdan avaylab-asrab foydalanish ruhida tarbiyalash va suvdan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlarida ishtirok etadi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, suv bo‘yicha ommabop resurslar, bilimlar bazasini yaratish va rivojlantirish ishlarini tashkil qiladi;
v) suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalashtirish va ekspertiza qilish ishlarini tashkil qilish sohasida:
ko‘p yillik tajribaga va yetarli malakaga ega bo‘lgan xalqaro konsultantlar, xorijiy mutaxassislar bilan belgilangan tartibda muzokaralar olib boradi;
suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqish hamda ekspertiza qilish, shuningdek, ularning xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqishga xalqaro konsultantlar, xorijiy mutaxassislar bilan belgilangan tartibda tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi hamda ularni xalqaro normalarga asosan jalb qiladi;
suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir qiladigan tashkilotlar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi;
g) har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xo‘jaligi obyektining xavfsizligini aniq ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish sohasida:
Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan samarali foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqadi;
ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining investitsiya hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish va tegishli mablag‘larni ajratish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar kiritadi;
suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarning texnik topshiriqlarini, shuningdek, loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
d) xavf darajasi yuqori bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini va qo‘riqlanishini hamda irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish sohasida:
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda xavfsizlik deklaratsiyalariga va mezonlariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini joyida o‘rganish, naturada kuzatish va diagnostika qilish ishlarini amalga oshiradi;
tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda davlatlararo va chegaraviy suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini chegaradosh davlatlar bilan tartibga solishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
xo‘jalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va ularga tutash inshootlarning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;
vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning sohilbo‘yi mintaqalarini belgilash ishlarini tashkil etishda ko‘maklashadi, ushbu zonalar va chiziqlarga qo‘yiladigan talablarning bajarilishini nazorat qiladi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish va ularning loyihalarini ishlab chiqishga doir texnik topshiriqlarni hamda foydalanish bo‘yicha qoidalarni kelishadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqadi va mezonlarini belgilaydi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyiha, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari hamda tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda o‘rganadi hamda tegishli taklif va xulosalar beradi;
gidrotexnika inshootlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha ishchi va Davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etadi hamda tegishli taklif va xulosalar beradi;
gidrotexnika inshootlarini konservatsiyalash va tugatish bo‘yicha loyihalarni o‘rganib chiqadi hamda tegishli taklif va xulosalar beradi;
e) suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish sohasida:
alohida suv xo‘jaligi obyektlarini fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa tashkilotlarga davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish hamda autsorsingni joriy qilish dasturlarini shakllantiradi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xususiy sheriklar bilan muzokaralar olib boradi, ularga loyihaoldi hujjatlarini tayyorlashda ko‘maklashadi va moliyaviy xulosa olish, ko‘rib chiqish hamda kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim qiladi;
ijobiy xulosalar olingan davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyiha bitimini ishlab chiqadi, tasdiqlash va belgilangan tartibda reyestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga taqdim qiladi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi va samaradorligini tahlil qiladi;
j) suv xo‘jaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilg‘or xorijiy tajribani keng qo‘llashni tashkil qilish sohasida:
qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda talab etiladigan mablag‘larni belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish uchun asoslangan takliflarni tayyorlaydi;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish va yangilarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda loyiha-konstruktorlik ishlarini kengaytirish, yangi ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish ishlarini tashkil qiladi;
paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun belgilangan tartibda subsidiya ajratadi;
suv xo‘jaligi qurilishida resurslarni tejaydigan texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni keng qo‘llash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish chorasini ko‘radi;
z) suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini hamda Davlat suv kadastrini yuritish va tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish sohasida:
yirik suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtiradi;
suv xo‘jaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qiladi hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
suvning hisobi va hisobotini yuritishda shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash, ko‘p yillik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi hamda tegishli ma’lumotlarni Vazirlik rasmiy veb-saytida yoritib boradi;
yer osti suvlarining holati va ko‘rsatkichlarini raqamli texnologiyalar asosida monitoring qiladi;
suv xo‘jaligini raqamlashtirishga xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamg‘armalarni jalb etadi;
i) elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda uning iste’moli bo‘yicha shaffoflikni ta’minlash sohasida:
nasos stansiyalarida suvning hisobi va elektr energiyasi iste’molini raqamli texnologiyalar asosida monitoringini yuritadi;
suvdan foydalanish va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha shaffof tizimni joriy qiladi;
suvdan foydalanish va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni tizimli tahlil qilib boradi hamda ushbu resurslardan ajratilgan limitlar doirasida foydalanishni nazorat qiladi va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar uchun ajratilgan elektr energiyasi limitlariga o‘zgartirish kiritish yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralarga takliflar kiritadi;
y) transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish, xorijiy investitsiya va grant mablag‘lari hamda texnik ko‘maklarni jalb qilish sohasida:
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va uning Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi faoliyatida faol ishtirok etadi;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surishda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlardagi suv xo‘jaligi obyektlari loyihalarini ishlab chiqish va ularning qurilishida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish, suv xo‘jaligini rivojlantirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika nomidan ishtirok etadi;
xalqaro shartnomalar, xorijiy mamlakatlar bilan suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasidagi hamkorlik dasturlari doirasida O‘zbekiston tomonining majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro tadbirlarning respublikada o‘tkazilishini tashkil etadi, suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarda qatnashadi;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va uning tizimidagi tashkilotlar, Butunjahon suv kengashi, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiya, Suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha islom davlatlararo tarmog‘i hamda boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etadi;
k) suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish sohasida:
suv xo‘jaligi sohasidagi kadrlar, mutaxassislar, shu jumladan, suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini muntazam ravishda tashkil etadi;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi;
suv xo‘jaligi sohasiga zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va keng qo‘llash bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashadi;
yakunlangan ilmiy ishlanmalar va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilishni tashkil qiladi;
suv xo‘jaligi sohasidagi kadrlar va mutaxassislarning, shu jumladan, suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha idoraviy ilmiy va o‘quv kurslarini respublikaning ixtisoslashtirilgan suv xo‘jaligi tashkilotlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, professional ta’lim muassasalarida, shuningdek, xorijda belgilangan tartibda tashkil etadi.
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, o‘z tizimidagi tashkilotlar orqali hal etadi.
1-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlik tizimiga kiruvchi va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
suv xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi hamda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
Vazirlik xodimlarining malakasini oshirishni tizimli tashkil qilish;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik, tizim tashkilotlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali faoliyatni ta’minlash, aholi bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik rahbarlari va xodimlarining faol ishtirok etishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarda, xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillar ishtirokini, suv xo‘jaligi sohasiga xorijiy investitsiya va grant mablag‘lari hamda texnik ko‘maklarning jalb qilinishini ta’minlash;
Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining (keyingi o‘rinlarda – Vazir) buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning kasbiy mahorati, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-ma’naviy sifatlari kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
suv xo‘jaligi masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari loyihalarini o‘z vaqtida sifatli tayyorlash.
14. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etadi;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi muntazam nazorat qiladi;
Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonunchilik hujjatlarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Vazirlik tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat va tahlil qiladi;
Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil qiladi;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha buyruqlar qabul qiladi;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qiladi;
Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga tashkiliy va moliyaviy ko‘maklashadi;
idoraviy mansub professional ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilishga ko‘maklashish, ular bilan kadrlarni tayyorlash va suv xo‘jaligi tashkilotlari kadrlarining malakasini oshirishda hamkorlik qiladi;
Davlat suv kadastrini va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ kadastri yuritilishini tashkil qiladi;
suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni tashkil qiladi;
suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qiladi;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi;
suv xo‘jaligi sohasida anjumanlar, seminarlar va xalqaro tadbirlarni tashkil etadi;
suv xo‘jaligi sohasida ilm-fan va ishlab chiqarishning ilg‘or yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritishga doir ishlarni amalga oshiradi;
Davlat suv kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining har bir turi bo‘yicha bazaviy kartografik asosdan foydalanib, obyekt turlari va axborot turlari (ro‘yxatdan o‘tkazishga oid, hisobga olishga oid, baholashga oid) bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi;
o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi;
yer usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqadi;
yer usti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlar va axborot tizimlari hamda dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
15. Markaziy apparat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
16. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga qonunchilik hujjatlari loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan suv xo‘jaligi sohasidagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining bajarilishini hisobga olgan holda xodimlarni belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish;
Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga Vazirlik vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflar kiritish;
Vazirlik vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro munosabatlarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;
Vazirlikka kelishish uchun kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflar bo‘yicha o‘z xulosalarini berish;
suv manbalarining suvlilik darajasi o‘zgargan holatlarda suv olish limitlariga tuzatishlar kiritish;
yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali xorijiy soha tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
suv xo‘jaligi sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, xo‘jalik inventarlari va ashyolarini, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va ofis jihozlarini saqlash va ishlatish, dasturiy ta’minotni sotib olish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etishga ilmiy-tadqiqot muassasalari, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
Vazirlik mukofotlari, ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlarini belgilangan tartibda ta’sis etish va suv xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or xodimlarni ushbu mukofotlar bilan taqdirlash;
suv xo‘jaligi sohasida munosib fidokorlik va mehnatsevarlik ko‘rsatgan, o‘zining kasbiy faoliyatida yuksak natijalarga erishgan xodimlar nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;
o‘quv va ilmiy-innovatsion faoliyatida namuna ko‘rsatgan bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlar uchun Vazirlik stipendiyasini ta’sis etish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga asosan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
17. Vazirlik:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning lozim darajada va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosati amalga oshirilishi;
tegishli sohadagi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari parametrlariga va belgilangan indikatorlarga erishishning so‘zsiz ta’minlanishi;
joriy etilayotgan innovatsiyalar, g‘oyalar va texnologiyalar, shuningdek, Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
tegishli sohani rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlar samarali amalga oshirilishi hamda hududlardagi muammoli masalalar hal etilishi;
fuqarolar va tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishi ta’minlanishi, sohada raqamlashtirishni ta’minlash va korrupsiya omillarini bartaraf etish uchun javobgardir.
1-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va majburiyatlari
18. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlardan Vazirlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan masalalar hamda qonunchilik hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda tahlil qilish uchun zarur bo‘ladigan materiallar va ma’lumotlarni talab qilish va olish;
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan qonunchilik hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarining qayta tayyorlanishini talab qilish, zarur hollarda hujjatlarni qaytadan ishlab chiqishga qaytarish;
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq va tezkor hal etish talab etiladigan masalalar bo‘yicha hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
tizim va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini va ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda Vazirlik buyruqlari va uning rahbariyati topshiriqlarining bajarilishini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish.
Vazirlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga asosan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. Vazirlikning markaziy apparati:
Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari va tizimidagi tashkilotlar hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash uchun Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan qonunchilik hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati va ekspertizadan o‘tkazilganligi hamda Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijro etilishi;
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari, ish va chora-tadbirlar rejalari, “Yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tashkil etish uchun javobgardir.
5-bob. Vazirlik rahbariyatining asosiy funksional majburiyatlari
20. Quyidagilar Vazirning asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatini umumiy boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga muvofiq Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyatiga oid prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash uchun amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
Vazir o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholashning asosiy mezonlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
Vazir o‘rinbosarlarining va Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazir va vazir o‘rinbosarlarining davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etish;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mutaxassisligiga talablarni belgilash va samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarning bo‘sh o‘rinlariga tavsiya qilingan xodimlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa xodimlarning kasbiy mahorati va bilim darajasi, yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-ma’naviy fazilatlarini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rish;
suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, ularni Vazirlar Mahkamasining rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqilishida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlikning qonun loyihalariga doir faoliyatini “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonun loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq tashkil etish;
Vazirlik faoliyatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lgan hollarda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlikka kiritilgan takliflar va qonunchilik hujjatlari loyihalarining to‘liq va batafsil ko‘rib chiqilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (viza qo‘yilishini) ta’minlash;
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangan, samarali va natijali bo‘lishini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Vazir o‘rinbosarlari, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini Vazirlikning Hay’at majlislarida eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, o‘zining o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari talablariga Vazirlik xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishning muntazam ravishda o‘tkazilishini, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib belgilangan muddatda va tartibda qabul qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan arizalarning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishida Vazirlik rahbarlari va xodimlarining faol ishtirokini ta’minlash;
davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
shtat birliklarining belgilangan sonidan kelib chiqib, Vazirlik markaziy apparati tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar nizomlarini va idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati xodimlari, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaxslari uchun majburiy bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalar berish hamda ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
zarurat bo‘lganda, Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
suv xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv xo‘jaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, suv xo‘jaligi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
suv xo‘jaligi xodimlari va mutaxassislarini ularning uzoq va samarali faoliyat ko‘rsatganligi, alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritilishini ta’minlash va tavsiyalar berish;
xorijiy investitsiyalar, grant mablag‘lari hamda texnik ko‘maklarni jalb qilish hamda suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan xorijiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tashkil etish;
suv xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va autsorsingni joriy qilishni ta’minlash;
suv xo‘jaligi obyektlari boshqaruvini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirishni tashkil etish;
suv xo‘jaligida kapital qurilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishni hamda amalga oshirilishini nazorat qilish;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish;
suv xo‘jaligi tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlar uchun elektr energiyasining yillik limitlarini taqsimlash;
vakolati doirasida sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat qilish va sudlarda ishtirok etish uchun (vakillarga) ishonchnomalarni imzolash.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirga boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
21. Vazirning birinchi o‘rinbosarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Vazir vaqtinchalik bo‘lmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, bevosita boshqarish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini o‘zi boshqaradigan yo‘nalish bo‘yicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
o‘z faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etish;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruq va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
Vazirlikning Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Tarmoq ilmiy-texnik kengashiga rahbarlik qilish va uning faoliyatini muvofiqlashtirish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, qonunchilik hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishida Vazirning topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
xizmat safarlariga borishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangan, samarali va natijali bo‘lishini, xizmat safari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar ko‘rish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga taqdim etish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarda qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari talablariga rioya qilish, o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
Vazirlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Vazirga takliflar kiritish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
suv xo‘jaligi sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarni imzolash va tasdiqlash.
Vazirning birinchi o‘rinbosariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
22. Vazirning suv resurslarini boshqarishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazir va vazirning birinchi o‘rinbosari vaqtinchalik bo‘lmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini o‘zi boshqaradigan yo‘nalish bo‘yicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish;
o‘z faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan qonunchilik hujjatlar loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, qonunchilik hujjatlari loyihalarining Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishida Vazirning topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
xizmat safarlariga borishni qonunchilik hujjatlari talablariga to‘liq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlari asoslangan, samarali va natijali bo‘lishini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar ko‘rish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Vazirlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga taqdim etish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlari va vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish, o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
Vazirlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
suv xo‘jaligi sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish hududiy dasturlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari, ixtisoslashuvi hamda suv va boshqa zarur resurslar bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda, ilmiy asosda ishlab chiqilishini tashkil qilish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash borasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash;
suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;
o‘rta va quyi bo‘g‘inda suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobi, hisoboti va monitoringini yuritishni nazorat qilish;
suvdan foydalanish va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish, ajratilgan elektr energiyasi hamda tasdiqlangan suv olish limitlariga o‘zgartirish kiritish yuzasidan o‘rta bo‘g‘indan kelib tushgan takliflarni o‘rganib chiqish va qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik to‘g‘risida Vazirga taklif kiritish;
yagona suv balansi va Davlat suv kadastri yuritilishini hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida takomillashtirib borilishini tashkil qilish.
Vazirning suv resurslarini boshqarishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
23. Vazirning moliya-iqtisod va investitsiya yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Vazir va vazirning birinchi o‘rinbosari vaqtinchalik bo‘lmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;
o‘z faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini o‘zi boshqaradigan yo‘nalish bo‘yicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etish;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori ijrosining ta’minlanishini nazorat qilib borish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan qonunchilik hujjatlar loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, qonunchilik hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasi apparatida ko‘rib chiqilishida Vazirning topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
xizmat safarini qonunchilik hujjatlari talablariga to‘liq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlari asoslangan, samarali va natijali bo‘lishini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar ko‘rish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga taqdim etish;
o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlari va vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish, o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
Vazirlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
suv xo‘jaligi sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Vazirlik bo‘yicha qabul qilingan buyruqlar va boshqa amaliy hujjatlarning moliyaviy qismini tatbiq etishga rahbarlik qilish, Vazirlik va tizim tashkilotlari (respublika budjetidan moliyalashtiriladigan) faoliyati uchun moliyaviy shart-sharoitlar yaratish;
vakolati doirasida belgilangan moliyaviy hisobotlar va statistika hisobotlari qabul qilinishi, umumlashtirilishini va o‘z vaqtida tegishli moliya organlariga taqdim etilishini nazorat qilish;
Vazirlik va respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek, suv xo‘jaligi bilan bog‘liq xarajatlar smetalari (markaziy apparatning tegishli boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida) tayyorlanishi, rahbariyat tasdig‘iga kiritilishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini nazorat qilish;
suv xo‘jaligi sohasiga doir Davlat dasturlari va budjet xarajatlarining maqsadli indikatorlarining ijrosini baholash ishlarini nazorat qilish;
Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi barcha tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish nazoratini ta’minlash;
suv xo‘jaligi sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa vazirliklar va idoralar bilan qo‘shma qarorlar, shuningdek, tegishli masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishini ta’minlash;
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar hamda idoraviy mansub tashkilotlarining iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, kelgusidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda ish maromining yuksalish rejalarini amalga oshirish borasida tashkiliy choralarni ko‘rish;
xodimlarning oylik maosh tarif miqdorlari va lavozim-mansab maoshlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash;
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirish choralarini ko‘rish;
suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish;
suv xo‘jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish, ularni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash maqsadida investitsiya dasturlariga kiritish uchun suv xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ko‘rib chiqish, ularning shakllantirilishini ta’minlash;
Vazirlik tizimida moliya-iqtisod, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha yagona siyosat yuritish;
suv xo‘jaligi obyektlari boshqaruvini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish;
suv xo‘jaligi obyektlarida suvning hisobi va elektr energiyasi iste’molini raqamli texnologiyalar asosida “onlayn” nazorat qilish orqali suv va elektr energiyasidan foydalanish shaffofligini ta’minlash hamda ularning samaradorligini oshirish;
suv xo‘jaligiga doir axborot resurslarini, shu jumladan, dasturiy ta’minotlar, mobil ilovalar, ma’lumotlar bazasi va veb-saytlarni yaratish hamda ularning takomillashtirilishini tashkil etish;
suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda – XMI va XXMT) mablag‘lari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish;
suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XXMT mablag‘larini jalb qilish;
XMI va XXMT mablag‘lari ishtirokidagi xorijiy investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
Vazirlik bo‘yicha qabul qilingan buyruqlar va boshqa amaliy hujjatlarning moliyaviy qismini tatbiq etishga rahbarlik qilish, Vazirlik va tizim tashkilotlari (respublika budjetidan moliyalashtiriladigan) faoliyati uchun moliyaviy shart-sharoitlar yaratish;
Vazirning moliya-iqtisod va investitsiya yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
24. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
tarkibiy bo‘linma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mazkur bo‘linmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Vazirlik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;
tarkibiy bo‘linma faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarkibiy bo‘linma xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy choralar ko‘rish hamda topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruq va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linma xodimlarining vakolatlarini belgilash, tarkibiy bo‘linma faoliyatining muayyan yo‘nalishlarini boshqarish uchun ularning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
tarkibiy bo‘linma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, bo‘linma choraklik ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
tarkibiy bo‘linmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bo‘linmaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy bo‘linma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, o‘zining o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
tarkibiy bo‘linma xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq hududiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa O‘zbekiston Respublikasining qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
tarkibiy bo‘linma xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar asosida zarur choralar ko‘rish;
tarkibiy bo‘linma faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatish samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, ularni Vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, ularni shaxsan qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining mas’uliyati
25. Vazir quyidagilar uchun shaxsan mas’uldir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi.
26. Vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan mas’uldirlar:
Vazirlikning o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida ko‘rsatilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.
27. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari quyidagilar uchun mas’uldirlar:
tegishli tarkibiy bo‘linmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan o‘zlarining funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
28. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir rahbarlik qiladi.
Vazir o‘z maqomiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.
29. Vazirning to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
30. Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
31. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
32. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tegishli vazir o‘rinbosarining (vazirning birinchi o‘rinbosarining) taklifiga ko‘ra Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
33. Quyidagilar Vazir buyrug‘i asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi:
Markaziy apparat rahbari va xodimlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda, Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tavsiyasiga asosan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari;
tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda – Farg‘ona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi, Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
Vazirning tegishli o‘rinbosari taklifiga ko‘ra – Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish departamenti direktori o‘rinbosari, Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi direktori o‘rinbosari, Suv xo‘jaligida islohotlar markazi direktori, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati direktori, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi boshlig‘i, “Suvloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori va uning o‘rinbosari.
Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari faoliyatiga doir masalalar (rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimda ozod etish) “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
34. Vazirlikning tegishli idoraviy mansub tashkilotlari nizomlari belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning tizimidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik tartibi
35. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorligi markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
36. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tizim tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi va ularning bajarilishi borishini nazorat qiladi;
tizimidagi tashkilotlarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlarni Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlariga yuboradi va ularning bajarilib borishini nazorat qiladi;
tekshirishlarni va o‘rganishni amalga oshiradi, Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan choralarni ko‘radi;
tashkilot to‘g‘risidagi hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa ma’lumotlar hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati natijalarini o‘rganishni tashkil qiladi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil qiladi, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
37. Vazirlikning tizim va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Vazirlik rahbariyatining topshiriqlari ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonunchilikni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
belgilangan tartibda va muddatlarda o‘zining ish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
o‘z faoliyatini vakolatli organlar tomonidan tekshirish natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
38. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ushbu ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi
39. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
40. Vazirlik tizimidagi tashkilotlar o‘z vakolati doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan yaqin hamkorlik qiladi.
4-§. Vazirlikning hay’ati, tarmoq ilmiy-texnik kengashi va jamoatchilik-maslahat kengashi
41. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, asosiy faoliyat yo‘nalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tarkibida hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
42. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlikning ushbu Nizom bilan belgilangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarida belgilangan o‘zlariga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rgan holda, tizimli asosda tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini eshitishni tashkil etish;
Vazirlik faoliyati sohasida maqsadli, hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning natijadorligini har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
joylarda Vazirlik faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Vazirlikning rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;
Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
43. Hay’at majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
44. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda, vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
45. Hay’at qarorlari Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
46. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
47. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’ati tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.
48. Vazirlik tarkibida vazirning birinchi o‘rinbosari (kengash raisi), vazir o‘rinbosarlari, sohaning yuqori malakali mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqa suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari bo‘lgan suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Tarmoq ilmiy-texnik kengashi tuziladi.
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi a’zolari soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Vazirning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
49. Vazirlik tarkibida vazir o‘rinbosari, Vazirlik faoliyatining alohida yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari bo‘lgan jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.
Jamoatchilik maslahat kengashining nizomi, a’zolarining ro‘yxati va soni Vazirning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
50. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
51. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
52. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
53. Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
54. Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga to‘lanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
55. Vazirlik markaziy apparati xodimlarining mehnatiga budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha haq to‘lashda lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustama haqlar, mukofot, moddiy yordam puli hamda boshqa barcha qo‘shimcha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
10-bob. Vazirlikning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish tartibi
56. Vazir va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida Vazirlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
57. Vazirlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
