Suv diplomatiyasi: tajriba va yangi avlod muloqoti
2026-11-12 16:10:00 / Yangiliklar

“Yoşlar kuni” doirasida ötkazilgan tadbirda Suv xöjaligi vaziri örinbosari Mirolimjon Karimov, Davlatlararo suv xöjaligini muvofiqlaştiriş komissiyasi Ilmiy-axborot markazi direktori Dinara Ziganşina, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Ibrat farzandlari” loyihasi vakillari, şuningdek, yoş mutaxassislar, magistrantlar va talabalar iştirok etdi.
Uçraşuvda Markaziy Osiyoda transçegaraviy suv resurslarini birgalikda boşqariş, suv diplomatiyasining mintaqaviy barqarorlikni ta’minlaşdagi örni, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda sohada malakali yoş kadrlar tayyorlaş masalalariga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Suv xöjaligi vazirligi tizimida 6 ming nafardan ziyod yoşlar mehnat qilmoqda. Joriy yilda tizim taşkilotlariga 1 ming nafar oliy ta’lim muassasasi bitiruvçisi işga qabul qilindi. Şuningdek, 100 nafar yoş suv xöjaligi innovatorini xorijiy davlatlarga tajriba örganişga yuboriş işlari olib borilmoqda.
Muloqot davomida “Xalqaro suv diplomatiyasi” mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaş, yoşlarning çet tillarini puxta egallaşi, xalqaro huquq va zamonaviy suv boşqaruvi texnologiyalarini örganişi muhimligi qayd etildi.
Şuningdek, magistrantlar va bitiruvçilarni vazirlik tizimida amaliyot ötaşga, xalqaro loyihalar va ilmiy izlanişlarga jalb etiş imkoniyatlari haqida söz yuritildi.
Tadbir tajribali mutaxassislar va yoş avlod vakillari örtasida bilim va tajriba almaşiş, sohaning istiqbolli yönalişlari yuzasidan fikrlaşiş uçun muloqot maydoni bölib xizmat qildi.
Axborot xizmati






