Soliq mobil ilovadagi keshbek tizimida chegaraviy miqdor mavjudmi?
Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024-y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga ko‘ra:
- 2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatildi - BHMning 60 baravari. Iste'molchilar bir oyda (BHMning 60 baravaridan - 22 500 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (225 000 so‘m) olishi mumkin.
