O'z biznesingizni nomaqbul hamkorlardan asrang!
2025-10-13 12:25:00 / Qo'mita yangiliklari

O'z biznesingizni nomaqbul hamkorlardan asrang!
Soliq to‘lovchilar o'z kontragentlarini tanlashda lozim darajada ehtiyotkor bo'lishlari zarur.
Biznes hamkorlarning ishonchliligini norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritib, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 7 522 ta subyektlar roʻyxati keltirilgan Soliq qoʻmitasi sayti orqali tekshirish mumkin. Ushbu ro'yxati muntazam ravishda yangilanib boriladi.
Joriy yilning o‘zida faoliyatida shubhali holatlar kuzatilgan va naqdlashtirish faoliyati bilan shug‘ullangan 902 ta subyekt aniqlangan.
Faqatgina ishonchli tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik o'rnatish, norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritgan subyektlar bilan moliyaviy aloqada bo‘lmaslik — bu tadbirkorlik subyektining ishbilarmonlik obro‘yi asosidir.
Kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda:
- Moliyaviy hisobotlarni so‘rash va tekshirish. Hisobotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish holatlari shubha uyg‘otishi lozim — ishonchli tadbirkorlik subyektlari o‘zining moliyaviy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yashirmaydi;
- Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sahifasida reestrida mavjudligini tekshirish;
- Subyektning ko‘rsatilgan manzilda hamda ofis va omborlarning mavjudligiga ishonch hosil qilish;
- Onlayn tahlil o'tkazish: kontragentning ijtimoiy tarmoqda mavjudligi, ular to‘g‘risidagi mulohazalar va reytingi hamda faoliyati haqidagi boshqa mavjud ma’lumotlarni olish.
Agar kontragentda norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritganlik holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari ayrim operatsiyalarni eʼtiborga olmaslikka hamda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini oʻzgartirishga haqli.
Bunday subyektlar bilan hamkorlik qilish soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida qaralishi mumkin.
Ishonchli hamkorlarni tanlash soliq tekshiruvlarining oldini olish va biznesning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash boshqarmasi
