Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil sentabr oyi uchun kalendari
2025-09-22 09:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil sentabr oyi uchun kalendari
Eslatma!
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 22-sentabr:
avgust oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
Soliq qodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari
- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari
sentabr oyi uchun:
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 bir qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi
III chorak uchun:
- aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi
- aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi
