O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi
2024-03-11 18:15:00 / Qo'mita yangiliklari
Tovar-transport yuk xatlatini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi (https://t.me/soliqnews/12147):
2024-yil 1-apreldan - yirik soliq toʻlovchilar uchun;
2024-yil 1-iyuldan - barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun.
Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
▫️yuk joʻnatuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari
va tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;
▫️elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi subyektlarga joʻnatadi;
▫️yukni yetkazib berishga maʼsul shaxs oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini “Face-ID” tizimi yordamida (mobil ilova orqali) tasdiqlaydi;
▫️yukni qabul qiluvchi oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYUni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini koʻrsatgan holda rad etadi.
Elektron TTY rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi
