Soliq kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
2025-07-02 15:15:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘RQ-1071, 26.06.2025-yil.
Ushbu hujjatga muvofiq:
▫️Soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini bildiruvchi, shuningdek uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari elektron raqamli imzoga tenglashtiriladi;
Soliq kodeksi 19-modda
▫️Soliq to‘lovchining arizasiga asosan ortiqcha undirilgan soliqlarni boshqa soliqlardan kelgusi to‘lovlar hisobiga hisobga olish muddati 15 kundan 3 kunga qisqartirildi;
Soliq kodeksi 103 va 105-moddalari
▫️ Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar hamda ularning turmush o‘rtog‘i (er/xotin)ning ish haqi va boshqa daromadlari toʻliq daromad soligʻidan ozod qilindi;
Soliq kodeksi 378 va 380-moddalari
▫️Mahallani obod qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshiruvchi “Mahalla servis” kompaniyalari foyda, mol-mulk va yer soliqlari, ularning xodimlari esa daromad solig‘i hamda ularning oylik ish haqiga hisoblangan ijtimoiy soliqni to‘lashdan ozod etildi.
Soliq kodeksi 304, 378, 403, 411 va 426-moddalari
▫️Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqchilik xo‘jaliklarida foydalanilgan suv miqdori asosida suv solig‘i hisobotlari “Suv hisobi” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Soliq kodeksi 447-modda
▫️Xorijiy manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida, 2028-yil 1-yanvargacha davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida xarid qilinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish va olib kirishda amal qilayotgan QQSdan ozod qilish imtiyozlari texnik yordam (grant) loyihalariga ham tatbiq etiladi.
Soliq kodeksi 483-modda
2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqaruv direksiyalari hamda ushbu sanoat zonadagi korxonalar mol-mulk, yer va suv soliqlaridan ozod qilinadi.
Soliq solish metodologiyasi departamenti
