Mahallalarda soliq organlari faoliyati
2025-06-04 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yil may oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 64,4 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 72,5%;
- Namangan viloyati – 66,9%;
- Toshkent shahri – 66,3%.
Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning may oyi reytingi koʻrsatkichlari:
90 dan yuqori ball jamg‘argan 123 nafar, (shundan 29 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.
Reyting koʻrsatkichi:
- 55 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 2 774 nafar;
- 55 balldan past boʻlgan inspektorlar – 1 360 nafarni tashkil etdi.
Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 453 ta mahallada 4 257 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.
Soliq organlarining "mahallabay" ishini tashkil etish departamenti
