Foyda solig‘ini kimlar to‘laydi?
2025-05-22 14:10:00 / Qo'mita yangiliklari
- Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari
- Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari
- O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari
- Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining (https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-4676450) mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar;
- Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- Oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Soliq solinadigan foyda qanday hisoblanadi?
Jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq asosida.
Hisobotlar qachon topshiriladi?
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Onlayn seminarni to‘liq ko'rish
