Yer osti suv manbalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o‘zgaradi
2025-05-13 17:45:00 / Qo'mita yangiliklari
Yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Soliq kodeksi 445-modda
Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 m³ gacha bo‘lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ma’lumot uchun, suv resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga suvdan foydalanuvchi shaxslar va ular tomonidan foydalanilgan suv hajmlari toʻgʻrisida real vaqt rejimida elektron shaklda axborot taqdim etishi shart.
Soliq kodeksi 133-modda 5-qismi
Mazkur me'yorlar 5-avgustdan, ya'ni Qonun kuchga kirgan kundan e'tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
