Korporativ karta orqali to‘lovlardan QQSni hisobga olish uchun chek to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lishi lozim
2025-04-29 16:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Onlayn-NKT orqali shakllantirilgan fiskal cheklarda bank kartasi turi (korporativ yoki shaxsiy) aks ettiriladi. Bu imkoniyat barcha onlayn-NKM va virtual kassalar foydalanuvchilari uchun yaratilgan.
VMQ-943 1-ilova 7-band
QQS summasini hisobga olish uchun cheklardagi karta turi bo‘limida “korporativ” ko‘rsatilgan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

Shakllantirilgan chekni to‘g‘riligini tekshirish va hisobga olish uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetning "Yuridik shaxslarning korporativ kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lov cheklarini ro‘yxatga olish" xizmatida:
- chekdagi QR-kodni skaner qilib;
- сhekning fiskal belgisi, fiskal modul raqami va chek raqamini kiritib ro‘yxatga olish mumkin.
Bunda ushbu cheklarni xaridlar amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ro'yxatga olish lozim.

Korporativ karta orqali to‘lovlarga berilgan cheklarda QQS summasini soliq hisobotida aks etishi uchun taqdim etilgan chekda ma'lumotlar to‘g‘riligini kassadan ketmagan holda tekshirishingiz tavsiya etiladi.

