2025-yilning I-choragida soliq tushumlari 48 trln so‘mdan oshdi
2025-04-07 17:20:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq organlari tomonidan 2025-yilning I-choragida respublika bo‘yicha budjetga 48,2 trln so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,6%ga ko‘p.
Soliq turlari kesimida tushum (2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish):
foyda solig‘i - 11,8 trln so‘m (22%);
QQS - 9,8 trln so‘m - (17,1%);
JShODS - 9,3 trln so‘m - (20,3%);
aksiz solig‘i - 4,5 trln so‘m - (31,2%);
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 4,3 trln so‘m (25,2%);
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va soliqsiz tushumlar* - 3,6 trln so‘m (35%);
yer solig‘i - 2,1 trln so‘m (11,1%);
mol-mulk solig‘i - 2,1 trln so‘m (21,1%);
AOS - 0,7 trln so‘m (18,4%).
*Soliqsiz tushumlar bu davlat boji, jarimalar, yig‘imlar.
