Eksport operatsiyalarini tasdiqlashda yangi tartib: QQS bo‘yicha o‘zgarishlar
2025-03-17 17:35:00 / Qo'mita yangiliklari
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” Qaror qabul qilindi.
VMQ-160 11.03.2025-y
Ushbu Qarorga ko‘ra:
Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi taqdim etilgan maʼlumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi. Bunda eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi.
Bu uchun elektron axborot almashinuvi orqali bojxona organlaridan eksport haqida maʼlumot olish yetarli.
Agar elektron tizimda maʼlumot bo‘lmasa, quyidagi hujjatlar talab etiladi:
▫️kontraktning ko‘chirma nusxasi;
▫️bojxona yuk deklaratsiyasi;
▫️tovarlarning bojxona chegarasini kesib o‘tganini tasdiqlovchi kuzatuv hujjatlari;
▫️valyuta tushganligini tasdiqlovchi bank maʼlumotnomasi;
▫️tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlashga oid boshqa hujjatlar.
Avval O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar; (SMR) hujjatlari talab qilinib olinar edi.
Eslatma Agar eksport ishonchli vakil orqali amalga oshirilsa, vositachilik shartnomasi talab etiladi.
