2024-yilda soliq organlarida 606 mingta ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi
2025-01-29 10:55:00 / Qo'mita yangiliklari
Ushbu shartnomalar bo'yicha 799,5 mlrd so'm soliqlar hisoblangan.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 438,3 ming ijara shartnomasi asosida 503,4 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2023-yilga nisbatan ijara shartnomalari soni 13,3 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 4,5 %ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 167,7 ming ijara shartnomasi asosida 296,1 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2023-yilga nisbatan ijara shartnomalari soni 15,7 % va hisoblangan soliq summasi 7,7 %ga oshgan.
Uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan. 2024-yilda daromad solig‘idan 63,3 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi. Talabalar bilan 115,6 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 144 801 nafarni tashkil etdi.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi
