Foyda solig‘i stavkasi 15%
2024-12-14 15:45:00 / Qo'mita yangiliklari
Yana qanday soliq stavkalari mavjud?
Kichik korxonalar va o'rta tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ining pasaytirilgan stavkasini (7,5%) qo'llashlari mumkin:
Kim? 2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar.
Muddat? Soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri (1 yil) mobaynida.
Sharti? Pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.
Kim? 2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar.
Muddat? Joriy soliq davri (1 yil) va keyingi soliq davri mobaynida.
Sharti? Pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi 100 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.
Onlayn seminarni toʻliq ko'rish
