Soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 25-noyabrga ko‘chiriladi
2024-11-23 09:10:00 / Qo'mita yangiliklari
23-noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada to‘lanishi belgilangan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 25-noyabrga ko‘chiriladi.
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
