100 mingdan 100 mln so‘mgacha: O‘zbekistonda sanoat sohasida ishlovchilarga qancha ish haqi hisoblandi?
2024-11-07 14:15:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq hisoboti maʼlumotlariga ko‘ra, sentabr oyida sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan:
- 336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan;
- 287,8 ming kishi — MHTEKM (sentabr oyida 1 050 000 so'm) dan 3 mln so‘mgacha olgan.
425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.
Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25%idan kam) ish haqi hisoblangan.
Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m.
Hududlarda qancha hisoblandi?
- Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln so‘m.
- Toshkentda — 5,8 mln so‘m;
- Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m;
- Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;
- Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.
Eng past ish haqlari:
- Xorazm viloyatida — 2,5 mln so‘m;
- Namangan viloyatida — 2,3 mln so‘m.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi
