Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?
2024-09-25 10:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida "Talabalar uchun ijara shartnoma" bo‘limi orqali amalga oshirish mumkin.
Ijara shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazishda talabalardan elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Batafsil ma'lumot videoqo'llanmada.
Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq to'lamaydi. Ularga daromad solig‘idan 47,1 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
