HR xavflarini boshqarish — samarali boshqaruv sari qadam
2026-09-13 08:30:00 / Qo'mita yangiliklari
Zominda soliqchilar ishtirokida tashkil etilgan HR xavflarni boshqarish seminari oʻz ishini yakunladi.
Ikki kun davomida tajribali ekspertlar ishtirokida HR xavflarini oldindan aniqlash va ustuvorlashtirish, mehnat munosabatlarida nizolarning oldini olish hamda sud amaliyoti asosida samarali yechimlar muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, HR xavflarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi 7 ta taklif mualliflari ragʻbatlantirildi.
Asosiy natija — xavfga javob berish emas, uni oldindan koʻra bilish va samarali boshqarish madaniyatini shakllantirish.
Bu – zamonaviy davlat boshqaruvi va inson kapitali samaradorligi yoʻlida muhim qadam.
