Soliq imtiyozlari: sohalar kesimida muhim eslatmalar!
2026-09-07 19:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi
2029-yil 1-yanvarga qadar charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi korxonalari, shuningdek, chorva mollarini soʻyish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etildi:
- foyda soligʻi (imtiyoz kodi — 104079);
- mol-mulk soligʻi (imtiyoz kodi — 104081);
- yer soligʻi (imtiyoz kodi — 104082);
- aylanmadan olinadigan soliq (imtiyoz kodi — 104080).
PF-4 12.01.2026-yil.
Ipakchilik va ipak sanoati
2029-yil 1-yanvarga qadar pilla yetishtiruvchilar quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etildi:
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (imtiyoz kodi — 104203), ularga ish haqi toʻlovlarini amalga oshiruvchi shaxslar esa ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etildi (imtiyoz kodi — 104204).
PQ-370 09.12.2026-yil.
2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar:
- pillachilik klasterlari mol-mulk soligʻidan (imtiyoz kodi — 104529) va yer soligʻidan (imtiyoz kodi — 104530) ozod etildi;
- ipakchilik korxonalari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 foiz miqdorida belgilandi (imtiyoz kodi — 104531);
- ipak matolari va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi (imtiyoz kodi — 104532).
PQ-87 06.03.2026-yil.
Tadbirkorlik subyektlari mazkur imtiyozlardan foydalanishlari uchun shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborishlari zarur
