Kambag‘allikni qisqartirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
2026-09-10 17:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisi o‘ribosari J.Abdiyev, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, tumanning mas'ul rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida mahallalarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarining vazifalari batafsil tushuntirildi.
O‘z navbatida, kambag‘allikni qisqartirishda har bir oila bilan individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va barqaror daromad manbalarini yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi.


