Soliq oliy maktabi
2026-08-06 09:35:00 / Qo'mita yangiliklari
#soliq_oliy_maktabi
Davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq tashkil etilgan Soliq oliy maktabi soliq organlari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, soliq sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasasidir.
Soliq qo‘mitasi huzuridagi oliy maktab bugungi kunda tizimdagi kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha respublikaning bazaviy ilmiy-metodik markazi sifatida faoliyat yuritmoqda.
