Bugun Samarqand shahrida «Yosh soliqchi – 2026» forumi oʻz ishini boshlaydi
2026-08-03 09:10:00 / Qo'mita yangiliklari

#yosh_soliqchi_2026
Forum soliq tizimida faoliyat yuritayotgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni bir maydonga jamlaydi. Unda sohadagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion gʻoyalar, tajriba almashish va yoshlarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan qiziqarli uchrashuvlar hamda amaliy tadbirlar oʻtkaziladi.
Bu — yangi gʻoyalar, yangi tashabbuslar va kelajak liderlari uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi.




