“Raqamli markirovkalangan tovarlar aylanmasi”
2026-07-26 10:05:00 / Qo'mita yangiliklari

“Raqamli markirovkalangan tovarlar aylanmasi” interaktiv xizmati my.soliq.uz portalidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida markirovkalangan tovarlar aylanmasi bo‘yicha zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.
Xizmat orqali:
- markirovkalangan tovarlar va kodlar qoldig‘ini ko‘rish;
- omborlarni boshqarish;
- tovarlar harakatini kuzatish;
- tovarlarni qabul qilish va jo‘natish;
- xatlov o‘tkazish va tegishli arizalarni yuborish;
- markirovka kodlari tarixini ko‘rish;
- shubhali holatlar (anomaliyalar) haqida ma’lumot olish;
- raqamli markirovka tizimi bo‘yicha savollarga tez va sifatli javob olish mumkin.
