Keshbek tizimida soxta realizatsiya orqali noqonuniy mablagʻ olishga urinishlar aniqlanmoqda
2026-07-15 14:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Avval xabar berganimizdek, soxta realizatsiya fiskal cheklari orqali keshbek summalarini asossiz ravishda qaytarib olish holatlari aniqlanmoqda.
Fuqaro MSM tomonidan 2026-yil oʻzida uchta MChJ “GWI” va “VS” va “CR” (barcha nomlar oʻzgartirgan) tashkil etilgan.
2026-yil 16-may kuni (faqat 1 kunda) “VS” MChJ tomonidan:
- “ZSQ” MCHJdan 585,7 mlrd soʻmlik;
“GWI” tomonidan “ABB777” MCHJdan 551,8 mlrd soʻmlik va “ZSQ” MCHJdan 2,7 mlrd soʻmlik sariyogʻ mahsuloti kirim qilingan boʻlib, lekin ushbu jamiyatlarda oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvida hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan 1 trln 140 mlrd 200 mln soʻmlik tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi (kamomad) aniqlandi.
Bundan tashqari, fuqaro MSMga tegishli boʻlgan “CR” MCHJ faoliyati yuzasidan sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Yashirin iqtisodiyotni oldini olish maqsadida mazkur jamiyatlar tomonidan soxta “keshbek” olinishi boʻyicha sxemalar bartaraf etildi. Tekshiruv materiallari tegishli organlarga yuborish choralari koʻriladi.
Maʼlumot uchun: “ZSQ” MCHJda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan sayyor soliq tekshiruvi joriy yilning 9-iyul kuni oʻtkazilib, 1 trln 820 mlrd 495 mln soʻmlik va “ABB777” MCHJda Navoiy viloyati soliq boshqarmasi tomonidan soliq auditi 1-iyul kuni oʻtkazilib, 1 trln 832 mlrd 323 mln soʻmlik rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni realizatsiya qilish holatlari aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan tekshiruv hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
