Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasi tomonidan
2026-07-15 17:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasi tomonidan kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari hamda soliq maslahatchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida soliq sohasidagi yangiliklar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Xususan, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohalari uchun QQSning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi ayni sohadagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lganligi ta'kidlandi.
Uchrashuvda tadbirkorlardan 11 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 8 tasi shu kunning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.





