Soliq organlari xodimlari Sankt-Peterburgda malaka oshirishni davom ettirmoqda
2026-07-14 09:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Sankt-Peterburgda malaka oshirishni davom ettirmoqda
O‘quv dasturidan o‘rin olgan mavzular:
▫️ moliyaviy hisobotning xalqaro jihatlari;
▫️ samarali muzokaralar olib borish, ta’sir o‘tkazish va ishontirish usullari;
▫️ davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy samaradorligi;
▫️ liderlik va yuqori samarador jamoalarni rivojlantirish.
Mazkur bilim va ko‘nikmalar davlat xizmatchilariga zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini qo‘llash, fuqarolar bilan samarali muloqot qilish hamda xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dastur ishtirokchilari esa o‘quv mashg‘ulotlari qanday o‘tayotgani va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashmoqda.
