Hurmatli soliq toʻlovchilar!
2026-07-09 10:35:00 / Qo'mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95‑son Farmoniga asosan 2026 yil 1-iyuldan boshlab soliq xavfi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilarga aniqlangan xavflar toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tizimi joriy etilishi belgilangan.
Shunga koʻra, soliq organlarining “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi orqali soliq xavfi oʻrta deb baholangan soliq toʻlovchilarga xabarnomalar yuborildi.
Mazkur xabarnomani olgan kundan eʼtiboran, oʻttiz kunlik muddat davomida aniqlashtirilgan soliq hisobotini yohud tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasi taqdim etilishi lozim.
Farmon bilan tadbirkorlik subyektlariga soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlarini mustaqil tuzatish imkoniyati berilgan boʻlib, aniqlangan kamchiliklar bir oy ichida bartaraf etilgan taqdirda soliq nazorati tadbirlari oʻtkazilmaydi.
PF-95-son 19.05.2026-y.
