Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
2026-06-23 18:35:00 / Qo'mita yangiliklari
Bugungi kunda ekspertlar tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaat va takliflarni yig‘ish, tahlil qilish hamda ularning yechimlari ustida ishlamoqda.
40 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari jalb qilingan bo‘lib, ular biznes vakillarini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va tizimli takliflarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
Eng muhimi, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmayapti.
Muammolarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini yanada qulaylashtirishga qaratilgan takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
