Samarqand viloyatida ikkita soliq inspeksiyaga yangi rahbarlar tayinlandi
2026-06-23 20:20:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan
🔹 Amonova Shoxista Adilovna – Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;
🔹 G‘aniyev Farrux Izzatilloyevich – Payariq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shoxista Amonova mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish bo‘limida davlat soliq katta inspektori, Farrux G‘aniyev esa Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

