Soliq huquqbuzarliklari haqida 54,6 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan
2026-06-22 15:15:00 / Infografika

2026-yilning yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 54 684 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹44 961 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹1 844 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹121 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹7 758 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
Murojaatlarning 15 599 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 34 317 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,5% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 25 912 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 16,6 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
