Soddalashtirilgan 6 % stavkali QQS: bu tartibga oʻtish kim uchun ko‘proq manfaatli, kimga esa – yoʻq
2026-06-20 11:05:00 / Qo'mita yangiliklari

1-iyuldan boshlab koʻplab korxonalarda QQSning soddalashtirilgan tartibiga (12 % oʻrniga 6 % QQS va "0" % foyda soligʻi) oʻtish imkoniyati paydo boʻladi.
Biroq, bunday tartibga oʻtish barcha korxonalar uchun ham manfaatli bo'lmasligi mumkin. Sababi, "kiruvchi" QQSni hisobga olish (zachyot) huquqining bekor bo‘lishi oqibatida ayrim korxonalarda soddalashtirilgan tartibdan ko'ra umumbelgilangan tartibda qolish foydali bo'lishi mumkin.
