Begʻubor bolalikning baxtiyor onlari
2026-06-01 14:10:00 / Umumxalq bayramlari

Begʻubor bolalikning baxtiyor onlari
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Soliq qoʻmitasida xodimlar farzandlari ishtirokida unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi.
Dunyoda bolalar kulgusidan goʻzalroq, ularning begʻubor orzularidan ulugʻroq boylik yoʻq. Kun yakunida masʼuliyat va tashvishlarga toʻla ish muhiti bir zumga bolalar olamining betakror quvonchiga ulashib ketdi.
Tadbir davomida kichkintoylar uchun qiziqarli oʻyinlar, interaktiv dasturlar, ijodiy chiqishlar va turli koʻngilochar loyihalar tashkil etildi. Har bir bola oʻzini bayramning eng aziz mehmoni sifatida his qildi. Ularning koʻzlaridagi hayrat, yuzlaridagi tabassum va qalblaridagi quvonch bayramning eng goʻzal bezagiga aylandi.
Ayniqsa, farzandlarining quvonchini koʻrgan ota-onalar uchun bu kun alohida maʼno kasb etdi. Chunki bolalarning baxtiyorligi – ota-onaning baxti, uning kulgusi esa har qanday mukofotdan azizdir.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Soliq qoʻmita raisining bayram sovgʻalari ulashildi. Bolalarning begʻubor quvonchi va samimiy ehtirosi kechaga oʻzgacha ruh bagʻishladi.








