Eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv
2024-08-01 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.
Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.
Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuvda Soliq mobil ilovasida yuridik shaxslar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi – "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilganini ma'lum qildi.
Ilovaning yangilangan 2.0.0 versiyasini Google Play'platformasidan hoziroq yuklab olish mumkin. Yaqin soatlar ichida App store'dan ham yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Eksportchi tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev barqarorlik reytingida ish haqi hisoblashga oid mezon boʻyicha ball hisoblanishi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.
Ushbu mezon roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqini inobatga olishini bunda inson omili ishtirok etmasligini taʼkidladi.
Shuningdek, xodimlarga ish haqi hisoblashda ayrim qurilish korxonalarida 50 mingtagacha ish o‘rni qo‘shib yozilganini qayd etdi.
Iyun oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qayta hisobotlar moderatsiyadan o‘tkazilishi ma’lum qildi.
Xodimlar sonining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi barqarorlik reytingi, shaffof qurilish tizimlari va QQS salbiy farq summasini qaytarishga salbiy ta'sir qilishini tushuntirdi.

