San’atdan ilhom, ma’naviyatdan kuch
2026-06-12 14:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, yuksak ma’naviyatli va vatanparvar avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda iqtisodiy barqarorlik bilan bir qatorda ma’naviy yuksalish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan, soliq organlarida tashkil etilayotgan “Ma’naviyat soatlari” xodimlarning nafaqat kasbiy salohiyatini, balki intellektual va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi muhim ma’rifiy maydonga aylanmoqda. Bu kabi uchrashuvlar milliy qadriyatlarimizga hurmat, san’at va madaniyatga mehr tuyg‘ularini mustahkamlash orqali jamoada yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirishga xizmat qiladi.
“San’atdan ilhom, ma’naviyatdan kuch” shiori ostida o‘tkazilgan bugungi ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh xonanda Husan ijodiga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar san’atning inson qalbi va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, milliy madaniyatimizni targ‘ib etishda ijod ahlining mas’uliyati hamda ma’naviy kamolotning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Ma’naviyat va san’at uyg‘unligi – yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekistonning yanada qudratli kelajagini barpo etishga xizmat qiladigan muhim omillardan biridir.




