Davlat soliq xizmati organlarining aloqa kanallari
2026-06-08 19:50:00 / E’lonlar va tenderlar
Agar Siz soliq organlari xodimlari tomonidan pora talab qilish, noqonuniy manfaat evaziga xizmat ko‘rsatish, vakolatlarni shaxsiy manfaat yo‘lida qo‘llash yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, Soliq qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Davlat soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️ Soliq organlarining “Ishonch telefonlari" – 1198 va 71-244-98-98;
▫️ Soliq qo‘mitasining telegram boti – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️ Soliq qo‘mitasining maxsus elektron pochtasi –antikorrupsiya@soliq.uz;
▫️ Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti;
▫️Komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat tuzilmalarining telefon raqamlari - 71-244-98-09 (ichki raqam 01873).
Murojaatchilarning shaxsi va taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda befarq bo‘lmang! Sizning murojaatingiz halol va adolatli soliq tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
